$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

7,2 milliard so‘mlik tender savdolari bekor qilindi

tender

Raqobat qo‘mitasi respublikamizning hududlar kesimida (Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan,Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) maxsus axborot portalidagi ma’lumotlarga va murojaatlarga asosan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib bormoqda.

8 ta viloyat va 1 respublikada monitoring tadbirlari o‘tkazilgan

Respublika bo‘yicha, quyidagi hududlarda monitoring o‘tkazildi.

Bular:

Buxoro viloyatida, Jondor tuman tibbiyot birlashmasining 210 mln. so‘mlik;

Farg‘ona viloyatida, Quva tuman Tibbiyot birlashmasining 2 ta 340 mln. so‘mlik;

Andijon viloyatida, Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyining 212 mln. so‘mga yaqin;

Jizzax viloyatida, Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax filialining 318 mln. so‘mdan ortiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Nukus shahar “Qum ovul” MFYning 257 mln. so‘mga yaqin;

Sirdaryo viloyatida “Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi” DMning 3 ta 4,2 mlrd. so‘mga yaqin;

Navoiy viloyatida, Navoiy viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 ta 1,1 mlrd. so‘mlik;

Namangan viloyatida, Namangan tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 309 mln. so‘m ortiq;

Toshkent viloyatida, Bekobod shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 283 mln so‘mga yaqin xaridlar amalga oshirilgan.

Qonunbuzilish holati

Shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan. Shuningdek, tahlil qilingan davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi.

Qo‘mitaning o‘rganish natijalariga ko‘ra, yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.