$
 12621.29
-103.87
 14596.52
88.57
 158.44
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegram boshqa davlatlar bilan ham hamkorlik qila boshladi

Telegram

Telegram messenjer asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olinganidan so‘ng, nafaqat Fransiya, balki boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilib, ularning huquq-tartibot idoralari so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim qila boshladi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda.

Faqat YI davlatlari emas

Qayd qilinishicha, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biri allaqachon yuzga yaqin buyurtma qotillik muhokama qilingan Telegram guruhi so‘rovi bo‘yicha javob olishga muvaffaq bo‘lgan. Janubiy Koreyadan kelgan so‘rov ham javobni kutmoqda.

Bolalarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar

Fransiyada Telegram voyaga yetmaganlar bo‘yicha milliy politsiya departamenti (OFMIN) so‘rovlariga, shuningdek, jandarmeriya so‘rovlariga javob bergan va ayrim gumondorlarning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlarni taqdim etgan. Gap bolalarga qarshi jinoyatlar haqida bormoqda.

Bahorda OFMIN messenjerda voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlarning “tez va nazorat qilib bo‘lmaydigan” darajada tarqalayotgani haqida xabar bergan edi. Ba’zi tergovchilar va sudyalarning fikricha, Telegram qurol, giyohvand moddalar, odam savdosi va buyurtma qotilliklari ham sodir bo‘ladigan “jinoyatchilik supermarket”ga aylangan.

Bu jarayonga Durovdan boshqa odamlar ham jalb qilinishi mumkin

Telegram rahbariyatining odil sudlov bilan munosabatlarini normallashtirishga tayyorligi ko‘plab milliy va xalqaro tergovlarni oldinga siljitish imkonini berishi kerak, deb qayd etadi Le Figaro. Gazetaning yozishicha, yaqin oylarda bu ishga Pavel Durovdan tashqari boshqa odamlar ham jalb qilinishi mumkin.

Ukraina harbiylar va davlat xizmatchilariga Telegramni taqiqlagan

Barcha davlatlar Telegram bilan hamkorlik masalasini hal qilayotgan bir paytda Ukrainada harbiy va davlat xizmatchilariga Telegram messenjeridan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qaror mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan qabul qilingan.

Kengash yig‘ilishida turli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va vazirliklarning vakillari ishtirok etdi. Messenjerning taqiqlanishini Ukraina razvedka xizmati rahbari Kirill Budanov ham qo‘llab-quvvatlagan.

Mudofaa kuchlari vakillari Telegram messenjeridan dushman tomonidan faol ravishda kiberhujumlar uyushtirish, fishing va zararli dasturiy ta’minotni tarqatish, foydalanuvchilarning joylashuvini aniqlash, raketa zarbalarini mo‘ljallash va shu kabi maqsadlarda foydalanilayotganini aytgan.

Теги :
Jamiyat