$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

FT: Telegram fond bozoriga chiqishi mumkin

Telegram

Telegram’ning 2023-yildagi umumiy zarari soliqlar to‘langandan keyin taxminan 173 million dollarni, operatsion xarajatlari esa 108 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda Financial Times kompaniyaning moliyaviy hisobotiga tayanib xabar berdi.

Kompaniya 2,4 milliard dollar miqdorida qarz mablag‘larini jalb etgan

Ma’lum qilinishicha, platformaning 2023-yildagi daromadi 342 million dollarni tashkil etgan. Kompaniya 2026-yilda so‘ndirish muddati bilan qariyb 2,4 milliard dollar miqdorida qarz mablag‘larini jalb etdi. Xususan, 2021-yilda Telegram 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi, investorlar orasida Abu-Dabi davlat jamg‘armalari bor edi.

Oxirgi marta kompaniya 330 million dollarni 2024-yil boshida jalb qilgan, deb yozadi FT. Shu bilan birga, Telegram’ning 2023-yilgi moliyaviy hisobotida messenjer asoschisi Pavel Durovning o‘zi kamida 64 million dollarlik platforma obligatsiyalari sotib olgani keltirilgan.

Platforma 30 milliard dollardan yuqori baholanmoqda

Durov mart oyida Financial Times’ga messenjerning IPO o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. U platformani 30 milliard dollardan yuqori baholashayotganini ta’kidlagandi. Durov o‘shanda, “Telegram bu yil bo‘lmasa, keyingi yilda foyda keltira boshlashiga umid qilmoqdamiz”, deb ta’kidlagan. Platforma 2026-yilda fond bozoriga chiqishi kutilmoqda.

Durovning tergov ishi Telegram rejalarini o‘zgartirib yuborishi mumkin

2023-yilda Telegram raqamli aktivlarining umumiy qiymati deyarli 400 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda kompaniya Toncoin’ni taxminan 244 million dollarga sotdi.

Fransiyada Pavel Durovga nisbatan boshlangan tergov Telegram’ning yaqin ikki yil ichida IPO o‘tkazish rejalarini barbod qilishi mumkin, chunki investorlar va reklama beruvchilar platformaga sarmoya kiritishni xohlamaydi, deb yozadi FT ekspertlarga tayanib.

Теги :
Жамият