$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Durovning 3 nafar farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda

Durov

Pavel Durovning uch nafar farzandining onasi Irina Bolgar “Telegram” messenjerini birgalikda orttirilgan mulk deb atadi.

Nikoh rasman qayd etilmagan

Bizning nikohimiz rasman qayd etilmagan va birgalikda orttirilgan mulk — Telegram messenjeri faqat uning nomiga rasmiylashtirilgan, — deb yozadi Irina Bolgar Instagram’dagi sahifasiga. — Men ulardan ishonchnomalar orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldim, garchi ularni [aktivlar] ishlatishga ruxsat berilgan bo‘lsalar-da, mening huquq va manfaatlarim to‘liq himoya qilinmagan hamda ma’lum bo‘lishicha, istalgan vaqtda buzilishi mumkin.

Bolalar uchun maqsadli jamg‘armalar

Bolgarning so‘zlariga ko‘ra, u bolalar uchun maqsadli jamg‘armalar ochilishi haqidagi “va’dalarga ishongan”, ammo bu amalga oshirilmay qolib ketgan.

Shuningdek, Irinaning qayd etishicha, Durov unga va bolalariga vada qilgan qimmatbaho ko‘chmas mulkni ham olib bermagan.

Bolgarning talabi

“Huquqiy nuqtai nazardan, ba’zi mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tmagan munosabatlar mulkiy huquqlarga nisbatan rasmiy nikoh sifatida qaraladi. Boshqa mamlakatlarda haqiqiy nikohni rasmiy deb tan olish imkoniyati mavjud. Uchinchidan, fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birgalikda orttirilgan mulk ulushini talab qilish mumkin”, deb yozdi Bolgar.

Теги :
Жамият