$
 12909.64
-28.56
 14908.05
197.32
 159.75
0.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegramga yangi funksiya qo‘shiladi

tgram

Telegram kompaniyasi HLS-strimingni qo‘llovchi yangi videopleyer yaratish uchun tanlov e’lon qildi. Bu orqali Telegram messenjeri YouTubega raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Videopleyerning funksiyalari

Ma’lumot berilishicha, videopleyer chet brauzer ko‘rinishidagi vositachisiz, Telegram ichida ishlaydi va internet tezligiga qarab rolik sifatini avtomat tarzda sozlab beradi.

Yangi ishlanmani avvaliga iOS, so‘ngra Android tizimida, jumladan, desktoplarda ishga tushirishmoqchi.

Foydalanuvchilar uchun “sovg‘alar”

Shuningdek, kuni kecha Telegramda boshqa foydalanuvchilarga berilishi mumkin boʻlgan “sovgʻalar” paydo boʻlishi mumkinligi xabar qilindi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov oʻzining Telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

“Sovgʻalar — yaqinlaringizni muhim voqealar bilan tabriklashning ajoyib usuli. Sovgʻa oluvchilar ularni oʻz profillarida koʻrsatish yoki yulduzlarga almashtirishi mumkin”, – deb yozdi Durov.

Uning ta’kidlashicha, keyinchalik sovgʻalar TON asosidagi NFTlarga aylantirilishi va messenjerdan tashqarida sotilishi mumkin. Shuningdek, Telegram asoschisi keyinroq oshkor qiladigan boshqa yangiliklar ham borligiga ishora qilgan.