$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ joriy yilda qanday ishlarni amalga oshirdi?

tarmoq

AOKAda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi muhandisi Mahfuza Suvonova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

12 ming kmdan ortiq magistral elektr tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati filiallari tomonidan 12 500 kilometr uzunlikdagi 110-220-500 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari va 30 000 Megavolt-amper dan ortiq quvvatga ega 90 ta podstansiya ekspluatatsiya qilinadi.

Bugungi kunda respublika iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida “O‘zbekiston MET” AJ hamda tasarrufidagi barcha filiallar tomonidan 24 soatlik ish rejimida tizimli ishlar olib borilmoqda.

2024/2025 yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini ta’minlash hamda Respublika iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan belgilab olingan chora-tadbirlar joriy yil 1 noyabrga qadar to‘liq yakunlandi. 

Shuningdek, 309 ta transformator, 1741 ta elektr qurilma, 6400 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110-500 kilovoltli elektr uzatish havo tarmoqlari ta’mirlandi hamda 12 ming kmdan ziyod uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Shu bilan birga, respublikamiz hududlarida yangi barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari va aholini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida Jamiyat tomonidan 2024-yilda investitsiya dasturlari doirasida bir qator ishlarni amalga oshirilishi natijasida 6 ta podstansiyada jami 1367 Megavolt-amper qo‘shimcha quvvat yaratildi va 750,7 kilometr uzunlikdagi 220-500 kilovoltli elektr uzatish havo tarmoqlari qurildi.

Tarmoqlarda olib boriladigan ko‘rik ishlari uchun drondan foydalanilgan

Tog‘li va qir-adirli hududlarda joylashgan borish qiyin bo‘lgan tayanchlarga yo‘laklar barpo etilib, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin ta’siriga tushishini oldini olish choralari ko‘rildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va 20 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlar oldi olindi.

Shuningdek, yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, ya’ni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatidan (dron) foydalanish joriy etilgan bo‘lib, ko‘rikdan o‘tkazish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahri va viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 tadan ortiq havo tarmoqlarining 100 kilometrdan ortiq qismi va 340 tadan ziyod tayanchi hamda 500 va 220 kilovoltli podstansiyalar qurilmalari dron yordamida ko‘rikda o‘tkazildi, aniqlangan nuqsonli izolyatorlar 160 dona yangisiga almashtirildi.

Podstansiyalar va Elektr uzatish havo tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida 180 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 27 dona metall tayanch, 39 dona temir-beton tayanch, 9180 ta izolyator, 20 ta turli quvvatdagi transformator, 40 tonna turli rusumli simlar, ikkilamchi zanjir uchun 10 km kabel mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

Avariyaviy holatlarni bartaraf etish uchun 65 ta ishchi guruh tashkil qilingan

Shu bilan bir qatorda, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 629 nafar xodimdan iborat bo‘lgan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular 139 ta maxsus avtotransport vositasi, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanib, shay holatga keltirilgan.