$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Yaponiya sayyohlar uchun “shaffof tarjimon”ni ishga tushirdi

positive

Yaponiyada sayyohlar uchun foydali shaffof tarjimon-ekranlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “DTF” nashri xabar berdi.

“Shaffof tarjimon”

Ularni temir yo‘l stansiyalarida, aeroportlarda va metroda topish mumkin. Ular real vaqt rejimida nutqni taniydi hamda foydalanuvchi va xodim uchun izohlarning tarjimalarini balandligi 40 sm va eni 70 sm bo‘lgan yangi shaffof displeyda ko‘rsatadi.

Hozirda 13ta til qo‘llab-quvvatlanadi. Ular orasida ingliz tili borligi ko‘pchilik uchun ancha qulaylik yaratadi.

Tarjimondan foydalanish

Foydalanuvchilar klaviatura yordamida so‘zlarni talaffuz qilishlari yoki yozishlari mumkin. Keyin tarjima shaffof ekranda ko‘rsatiladi.

Bu texnologiya joriy yil iyul oyida Tokio shahridagi Haneda aeroporti hududida sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Birinchi sinov 2-iyul kuni Haneda aeroporti terminalida boshlangan. U yerda tizim bir hafta davomida ishlatilgan. 20-avgust kuni qurilma Osaka xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkaziladi.

Tarjima tizimi 1900-yilda asos solingan yapon global matbaa kompaniyasi “TOPPAN Inc.” tomonidan yaratilgan.

Теги :
Жамият