$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Fargʻona davlat universitetida hijobga taqiq qoʻyilyaptimi?

FarDU

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani Mamajonov Shuhrat ekani aytilayotgan shaxsning ovozli xabari tarqaldi.

Ushbu fuqaro talabalarga arab madaniyatiga taqlid qilmaslik haqida ogohlantirib, roʻmolli qizlarning universitetga kiritilmasligini aytgan.

“Uydagilar tushunmasa, tushuntiramiz”

“Uydagilar tushunmasa, kelishsin, tushuntiramiz. Universitetning 74 foizi qizlar, sizlarga faqat tushuntirish kerak, xolos, oʻzgaramiz”, deyiladi tarqalgan xabarda. Shuningdek, dekanligi aytilayotgan shaxs talabalardan boʻynini oʻramasligi, roʻmolni orqadan taqishi kerakligini aytgan. Fikriga qarshi chiqqan talaba qizga esa:

“Sizni ota-onangiz iboli-hayoli deydi, shuning uchun roʻmol oʻragan deydi. Ustozga qarab, betiga sapchimaydi, qizim. Sizning ota-onangiz yaxshi tarbiya bergandir?” degan ovoz egasi.

Теги :
Жамият