Bayramoldi: Prezident bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi
Prezident “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Quyida taqdirlangan taʼlim xodimlarining ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
9 daqiqa o‘qiladi

Prezident “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Faxriy unvon, orden va medallar
Farmonga ko‘ra, mamlakatda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasidagi munosib hissasi uchun bir guruh taʼlim xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” faxriy unvoni bilan
Abduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna — Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Akramov Nabijon Kurbonovich — Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan
Matmuratov Ixtiyor Kurbonboyevich — Shovot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Raupov Ilyos Axadovich — G‘ijduvon tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Achilova Manzura Sheraliyevna — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining akademik litseyi matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Karimov Suyun Amirovich — Samarqand davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Samarqand viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Mendibayev Baxram Rustamovich — Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha katta murabbiysi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Kuvandikova Djamila Yaxshibayevna — Navoiy shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
Mirzaxmedov Mirfazil Abdilxakovich — O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi yetakchi mutaxassisi
Rapikova Xafiza Kayumberdiyevna — A.P.Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri
Xomidov Dilshodbek Boxodirovich — Shahrixon tumanidagi “Akademik Sarimsaqov” nodavlat ta’lim muassasasining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Azamatova Galina Raufovna — Paxtakor tumanidagi «Kiddie» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, Jizzax viloyati
Axmedova Zamira Odilovna — Chust tumanidagi 35-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati
Boltayeva Qambar Abdullayevna — Buxoro shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Geddi Mishel Deniz — “Yangi O‘zbekiston” universiteti dotsenti
Kim Zinaida Konstantinovna — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Madjidov Inom Urishevich — O‘zbekiston Milliy universiteti rektori
Mashrabbekova Aziza Mashrabbekovna — Koreya Respublikasining Xankuk xorijiy tillar universiteti Markaziy Osiyo kafedrasi professori
Miroshkina Olga Yurevna — Mirobod tumanidagi 60-ixtisoslashtirilgan maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Muminov Sidikjon Mirsobirovich — Farg‘ona davlat universitetining tilshunoslik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati
Munteyeva Gulnara Uzakbayevna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali xalq ijodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Namazova Kizlarsara Muratovna — Jarqo‘rg‘on tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Stepanova Olga Anatolevna — Paxtachi tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Toychubayeva Aysulu Mamatbekovna — Xo‘jaobod tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Turdiyeva Iroda G‘ayratovna — Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
O‘razaliyev Abdunazar Norqulovich — Boyovut tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Sirdaryo viloyati
Xabibullina Vinera Salixovna — Zangiota tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abduraxmanova Iqbolxon Yulchiyevna — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi
Almatov Tura Jurayevich — Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Astanov Salix Xusenovich — Buxoro muhandislik-texnologiya institutining aniq fanlar kafedrasi professori, Buxoro viloyati
Ashurova Sanobarxon Yuldashevna — Professional ta’limni rivojlantirish institutining innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi bo‘limi boshlig‘i
Boqiyev Akram Vasiyevich — Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Ibragimov Rustam Asadovich — Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining chang sinfi o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Olimova Anaray Djuraxanovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Polvonova Yulduzxon Saparboyevna — Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Razzoqov Shamsiddin Ergashevich — Mingbuloq tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Rafiyev Xamrakul Talibovich - Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Samarqand filiali professori, Samarqand viloyati
Rixsiyeva Gulchexra Shovkatovna — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori
Sultonova Muxayyo Yoqubbekovna — Kosonsoy tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Tadjitdinova Feruza Raxmankulovna — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining akademik litseyi ijrochi direktori, Navoiy viloyati
Turdimuratova Zulfiya Yeshanovna — Mo‘ynoq tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shirinov Xurshid Xasanovich — Toshkent shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Allaberganova Nilufar Ilyosovna — Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Aripova Gulnara Talibovna — Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi
Kazakova Dilfuza Reyimbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabining tasviriy san’at to‘garagi rahbari
Kimsanova Sayidaxon Esonovna — Quva tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Mamadaliyev Yasharjon Mashrabovich — Norin tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Radjabova Muxabbat Toshpo‘latovna — Sardoba tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Samadova Sabina Sabirovna — Karmana tumanidagi “Kids Akademy” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, Navoiy viloyati
Tashmuxamedova Shaxnoz Rafikovna — Shayxontohur tumanidagi 186-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Xudoymurodova Hilola Muxiddinovna — Qiziriq tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Allambergenova Gulshiyra Atamuratovna — Xo‘jayli tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Atajonova Saidaxon Borataliyevna — Andijon mashinasozlik institutining axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, Andijon viloyati
Berdiyeva Umidaxon Osimjonovna — Yakkasaroy tumanidagi “Humo School Academy” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Toshkent shahri
Boyqobilova Dilrabo Soatmurodovna — Bandixon tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning biologiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Buranov Jurabek Rasulovich — Termiz tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Valiyeva Ziyoda Abdujabborovna — Farg‘ona tumanidagi «Baxtli kelajak sari qadam» oilaviy bolalar uyi rahbari, Farg‘ona viloyati
Vaxobova Ozoda Xolmurodovna — Tayloq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati
Davronova Dilrabo Shermamatovna — “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Samarqand shahridagi filiali direktori, Samarqand viloyati
Isayeva Barno Abdujabbarovna — Respublika musiqa va san’at kollejining teatr va kino san’ati kafedrasi mudiri
Ismailova Ereshgul Jorayevna — Qorovulbozor tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi, Buxoro viloyati
Karimov Abdurashid Musaxonovich — Namangan davlat universitetining kimyo kafedrasi dotsenti, Namangan viloyati
Kodirova Xavoxon Gulyamovna — Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Koriyev Rustam Umarjon o‘g‘li — Toshkent shahridagi “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari
Kurbanov Ongarbay Xojanbergenovich — Nukus shahridagi Prezident maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kurbonov Jo‘rabek Abduvoxidovich — Ulug‘nor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
Qo‘nisheva Gulchexra Asadovna — Baxmal tumanidagi 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Maxamatkulova Sayyora Abdullayevna — O‘rta Chirchiq tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Muzafforova Oygul Kurbanboyevna — Guliston tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Muminova Dilnoza Pardaqulovna — Olmazor tumanidagi 234-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Nasimov Bekzod Shermuhammad o‘g‘li — Jizzax shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Nishanbayev Sabir Zaripbayevich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti laboratoriya mudiri
Nuraliyeva Nilufarxon Sodikjonovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Andijon viloyati
Nurmamatova Charos Kurbonovna — Oqdaryo tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
Ochilov Anvar Jonpo‘latovich — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Parpiyeva Nigora Nazirovna — Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati
Pulatov Gaybulla Jololovich — Chortoq tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Rajabova Sarvinoz Yunusovna — Jondor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Roziqov Oybek Baxodirovich — Mirzaobod tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Sabirova Muxayyo Xusniddinovna — Olmazor tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-internat uyi logopedi, Toshkent shahri
Saidmuradov Shuxrat Alisherovich — Toshkent tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati
Samadov Sardor Sabirovich — Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati
Tagaymuratov Abduvait Abdimuratovich — Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Tangirov Xurram Ergashevich — Jizzax davlat pedagogika universitetining informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, Jizzax viloyati
Toirov Olimjon Zuvurovich — Toshkent davlat texnika universitetining elektr mashinalari kafedrasi mudiri
Tulkibayeva Firuza Kalbayevna — Konimex tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Navoiy viloyati
Tulyaganova Dilfuza Yuldashovna — Qibray tumanidagi kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent viloyati
Tuxtamurodov Elbek Dilmurodovich — Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Xaliqov Azamat Qaxramonovich — Qarshi shahridagi 18-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Xashimova Saboxat Abdullayevna — O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining tillarni o‘rganish kafedrasi professori
Xudoyberdiyeva Oytula Murtazakulovna — Mirishkor tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Shadiyarov Alisher Eshpo‘latovich — Do‘stlik tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Shixnazarova Sadoqat Umarjan qizi — Xiva shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Ergasheva Guli Ismoil qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti dekani
Eshto‘rayev Xo‘shboq Chorshanbiyevich — Sherobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Yuldashev Djamshid Abdimalikovich — Uchquduq tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati.



