$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yevropada tamaki iste’molidan yiliga 1,2 million nafardan ortiq kishi hayotdan erta ko‘z yummoqda

tamaki

JSST tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, Yevropada tamaki iste’molidan yiliga 1,2 million nafardan ortiq kishi hayotdan erta ko‘z yummoqda.

Tamaki sanoati rivojiga reklamalar ko‘payib, qonun susayayotganligi sabab bo‘lmoqda

Ma’lum qilinishicha, tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo mamlakatlarda 18 yoshdan yuqori aholining 179 million nafari va 13-15 yoshli o‘smirlarning 4 million nafari tamaki iste’mol qiladi. Ushbu zararli odat mintaqada yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan o‘lim holatlarining 18 foiziga sabab bo‘lyapti. Ya’ni bu davlatlarda tamaki iste’moli oqibatida yiliga 1,2 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi vakili Galen Galea fikricha, bunday salbiy o‘sish dinamikasi tamaki sanoati rivoji, jozibador reklamalar ko‘payib, qonuniy cheklovlar tobora susayib borayotgani bilan bog‘liq.

“Agar bu borada zarur choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga borib, mintaqamiz tamaki iste’moli bo‘yicha dunyoda eng yuqori statistika qayd etishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi ekspert.

11 ta mamlakat tamaki iste’molini kamaytirishga tizimli ravishda harakat qilmoqda

Shuning bilan birga, Global harakatlar rejasiga muvofiq, mintaqa davlatlari 2025-yilga borib tamaki iste’molini 30 foizga kamaytirish majburiyatini olgan. Biroq bor-yo‘g‘i 11 ta mamlakat bu borada tizimli ravishda harakat qilmoqda.

JSST tegishli davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirdi.