$
 12557.56
-34.15
 14809.13
-12.57
 159.44
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdqilandi

O‘tish ballari

Vazirlik axborotida qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangan. Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan. Ko‘rishimiz mumkinki, avvalgi yildan farqli ushbu yilda faqatgina san’at sohasidagi o‘tish bali 80 balldan 93 ballga ko‘tarilgan. Sohalari kesimida o‘tish ballari quyidagicha:

Ta’lim:

Ta’lim — 94.

San’at va gumanitar fanlar:

San’at — 93;

Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) — 94;

Tillar — 94.

Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot:

Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar — 105;

Jurnalistika va axborot — 105.

Biznes, boshqaruv va huquq:

Biznes va boshqaruv — 105;

Huquq — 140.

Tabiiy fanlar, matematika va statistika:

Biologik va turdosh fanlar — 80;

Atrof muhit — 94;

Fizika va tabiiy fanlar — 80;

Matematika va statistika — 94.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — 94.

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari:

Muhandislik ishi — 75;

Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari — 75;

Arxitektura va qurilish — 75.

Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya:

Qishloq xo‘jaligi — 70;

O‘rmon xo‘jaligi — 70;

Baliq xo‘jaligi — 70;

Veterinariya — 60.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot:

Sog‘liqni saqlash — 129;

Ijtimoiy ta’minot — 94.

Xizmatlar:

Xizmat ko‘rsatish sohasi — 80;

Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi — 70;

Transport xizmatlari — 104.

Eslatib o‘tamiz, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan boshlab onlayn qabul qilinadi.