$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Taksilarning arzonligi bo‘yicha Toshkent 14-o‘rinni egalladi

Taksi

Taksilarning arzonligi bo‘yicha shaharlar reytingi e’lon qilindi. 22-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent dunyo bo‘yicha 14-o‘rinni olgan.

Kilometriga 3 800 so‘m

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida taksi narxi bir kilometrga 0,30 dollar, ya’ni 3 800 so‘mni tashkil qilgan. Aynan ushbu narx bilan Toshkent shahri dunyo reytingida 14-o‘rinni egallamoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyo shaharlari orasida reytingga Qozog‘istoning Astana va Olmota shahri kiritilgan. Astana shahrida taksi narxlari bir kilometrga 0,42 dollar (5 300 so‘m)ni tashkil qilib, reytingda 39-o‘rinni egallab turibdi. Olmota shahri esa reytingda 63-o‘rinni band qilgan holda bir kilometrga 0,68 dollar (8 500 so‘m)ni tashkil qilgan.

Eng arzon taksi Hindistonda

Reytingda birinchi o‘rinni kilometriga 2 200 so‘m(0,18 dollar) bilan Hindistonning Surat shahri egallagan. Eng qimmat taksilar esa Shvetsariyaning Jeneva va Tyurix shahrida ekan. Unga ko‘ra Jenevada taksi narxi kilometriga 3,76 dollar(47 400 so‘m), Tyurixda esa 4,46 dollar(56 200 so‘m)ni tashkil qilmoqda.

Integratsiya qilingan 142 ta agregator

Bundan oldin soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan taksi agregatorlari haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etgan.

Shuningdek, yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mln. dan ortiq qatnov uchun 3 trln. so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga (18,3 mln. qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln. nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

Теги :
Jamiyat