Artel, Feed up, Evos rahbarlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kengash a’zolariga aylanishdi
Kengash tarkibiga o’zgartirishlar kiritilib, a’zolar soni 35 nafarga oshirildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tlazilgan ochiq muloqotda belgilangan reja va vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi qarorni imzolagani haqida xabar berilgandi.
Yangi 35 a’zo
Hujjat bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Ularning tarkibi 30 nafardan 35 nafarga oshirildi.
Kengash a’zolari kimlardan iborat?
Kengashning yangi aʼzolari quyidagi shaxslardan tashkil topgan:
Ilhomjon Abdurahmonov — “Paxtakor Teks” rahbari;
Sardor Abasxanov — “Global Export Company hammuassisi;
Shohruh Ro‘ziqulov — “Artel Electronics Group bosh direktori;
Kamol Abdullayev — “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi direktori (2023-yilda kengash a’zoligidan chiqarilgan);
Farhod Mamatjonov — “Prestij Rielt” asoschisi (shuningdek, “Invest Finance Bank"ning majoritar aksiyadori);
Shavkat Jalolov — “Agromir Buildings” hammuassisi;
Alina Simerman — “Test Center Baho” hammuassisi (shuningdek, “ChaiKof” ulushdori, “Coffee and Pastry"ni boshqaradi);
Xusamiddin Qayumov — “Mak Food Servis” (Evos) asoschisi;
A.Qurbonov — Xalqaro biznes auditi va konsalting (IBAC) rahbari o‘rinbosari;
Artem Kreskas — “Yangi Zamon Bino” direktori;
Murod Nazarov — “Murad Buildings” asoschisi (2023-yilda a’zolikdan chiqarilgandi);
Umid Irgashev — “Feedup Eco” asoschisi;
Olga Soy O‘zbekiston muhandis-konsalting uyushmasi (UZACE, Larisa Belousova o‘rniga) boshqaruv a’zosi.
Kengashdan chiqarilganlar
Quyidagilar kengash tarkibidan chiqarildi:
Elmurod Abdullaev — “Sun-Hightech” asoschisi;
Anna Dobrix — “Iftihor Kiyim Sanoat” rahbari;
J. Lasselberger — “Lasselsberger” asoschisi;
Xasan Mamasaidov — “Dekos Group” rahbari;
Haydar O‘roqov — “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi rahbari.
Tadbirkorlarni qo’llash bo’yicha kengash tarixi
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi 2022-yilda maslahatchi organ sifatida tashkil etilgan.
Uning asosiy vazifalari tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini dastlabki ko‘rib chiqishdan iborat. Kengash majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi.



