$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

Suzishning organizm uchun foydali jihatlari bisyor

suzish

 Suzish — bu deyarli hamma uchun mos boʻlgan universal sport turlaridan biridir. Keksalar, yoshlar, muntazam jismoniy faol boʻlgan va endigina shugʻullanishni boshlayotganlar, shuningdek, sogʻligʻida muammolar boʻlgan insonlar uchun u birdek foydalidir.

Suzishning mushaklar kuchi va tonusiga ta’siri

 Asosiysi, suzish mushaklar kuchi va tonusini oshiradi. Masalan, yugurishdan farqli oʻlaroq, suzayotganda mushaklarimiz koʻproq qarshilikni yengadi, chunki suv havodan ancha zichroqdir. Bu mashgʻulotda barcha mushaklarimiz ishga tushadi va juda koʻp jismoniy harakatni bajaradi. Suzish paytida boʻgʻinlardagi yuk kamayadi. Yugurish yoki trenajer zalida mashq qilganda tizza boʻgʻimlari va toʻpiqlarga katta yuk tushayotganini his qilasiz, suzganda esa suvdagi vaznsizlik ta'siri tufayli bunday yuk boʻlmaydi.

Bolalarni nechi yoshdan suzishni o’rgatish kerak?

 Bolalar suzishni yoshligidan boshlagani afzal. Ularni bir yoshga toʻlgunga qadar suzishga oʻrgatsa ham boʻladi. Chunki chaqaloqlar suvga juda yaxshi moslashadi va tezda suzishni boshlaydilar. Ma'lum boʻlishicha, suzish bilan shugʻullanadigan bolalar kuchliroq, shamollashga moyilligi past, harakatlar koordinatsiyasi yaxshiroq va mushaklari kuchli boʻladi, ular tezroq rivojlanadi.

Umurtqa pogʻona kasalliklarining rivojlanishini kamaytiradi

 Suzish osteoxondrozni oldini oladi va boshqa umurtqa pogʻona kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bu mashgʻulot nafas olish tizimini mustahkamlaydi va yurak-qon tomir tizimiga foydali ta'sir koʻrsatadi.

Qon bosimini pasaytiradi

Suv tananing butun yuzasiga bosim oʻtkazishi hisobiga yurakka keladigan qon oqimi oshadi, bu esa yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga profilaktik ta'sir koʻrsatadi, qondagi xolesterinni va qon bosimini pasaytiradi.

Tez ozishga yordam beradi

Bundan tashqari, ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun ham suzish juda foydali. Axir, bunday mashgʻulotlar paytida koʻp miqdorda kaloriya yoqiladi. Ma'lum boʻlishicha, yarim soatlik suzish trenajer zalidagi bir soatlik mashgʻulotga teng.

Stressga qarshi “dori”

 Suzish stressga qarshi kuchli “dori”dir. Gap shundaki, inson organizmi 80 foiz suvdan iborat, shuning uchun suv muhiti biz uchun qulay va suzishdan katta zavq olamiz.

 Biroq, suzish mumkin boʻlmagan holatlar ham mavjud. Bular ogʻir yurak patologiyasi, nevrologik kasalliklar, teri infeksiyalari va oʻtkir xastaliklar.

Теги :
Jamiyat