$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazish funksiyasini xususiylashtirish boshlanmoqda

suyultirilgan gaz

Prezidentning “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Xususiy operatorlarga berish nizomi

Loyiha bilan tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimini xususiy operatorlarga o‘tkazish to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi xususiy operatorlarga topshiriladigan tumanlar ro‘yxati belgilanadi.

Shaffoflikni ta’minlovchi komissiya

Gaz ta’minoti obektlaridan foydalanish va gaz sotish funksiyalarini ishonchli boshqaruvi bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi komissiya tarkibi tasdiqlanadi.

Xususiylashtiriladigan tumanlar ro‘yxati

Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimida xususiy operatorga topshiriladigan quyidagi tumanlar ta’minoti bo‘limlari pilot loyihasi sifatida tanlab olingan:

- tabiiy gaz yo‘nalishida - Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Xo‘jaylitumangaz”, Andijon viloyatidagi “Oltinko‘ltumangaz”, Buxoro viloyatidagi “Buxorotumangaz”, Jizzax viloyatidagi “G‘allaoroltumangaz”, Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshitumangaz”, Navoiy viloyatidagi “Qiziltepatumangaz”, Namangan viloyatidagi “Yangiqo‘rg‘ontumangaz”, Samarqand viloyatidagi “Samarqandtumangaz”, Surxondaryo viloyatidagi “Denovtumangaz”, Sirdaryo viloyatidagi “Xovostumangaz”, Toshkent viloyatidagi “Yangiyultumangaz”, Farg‘ona viloyatidagi “Uchko‘priktumangaz”, Xorazm viloyatidagi “Urganchtumangaz”, Toshkent shahridagi “Bektemirtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlari;

- suyultirilgan gaz yo‘nalishida - Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “To‘rtko‘ltumangaz”, Andijon viloyatidagi “Andijontumangaz”, Farg‘ona viloyatidagi “Beshariqtumangaz”, Samarqand viloyatidagi “Urguttumangaz” va Qashqadaryo viloyatidagi “Chiroqchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlari.

Shuningdek:

- gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini xususiy operatorlar ishonchli boshqaruviga topshiriladigan tumanlar bo‘yicha salohiyatli kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazib, natijasi bo‘yicha aniq shartlar asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish choralarini ko‘rilishi;

- gaz ta’minoti tashkilotlari balansidagi qonunchilikka muvofiq xususiy operatorlar ishonchli boshqaruviga topshiriladigan obektlarni aniqlash;

- pilot loyihasi amalga oshirilayotgan tumanlardan tashqari xususiy operatorlarga yuklatiladigan vazifalarni bajarish uchun talabgorlar paydo bo‘lganda, o‘rnatilgan tartibga muvofiq ishlarni tashkil etish belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari:

- xususiy operator tanlovi uchun o‘tkaziladigan xizmat ko‘rsatishning boshlang‘ich narxi belgilanadi;

- xususiy operatorlar ishonchli boshqaruvi hududlaridagi gaz iste’molchilaridan tushadigan pul mablag‘larini taqsimlash mexanizmi tasdiqlanadi;

- 2024 yil 1 noyabrga qadar respublikada suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganini inobatga olib, iste’molchilarni maqbul narxlarda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida 2025 yil 1 yanvardan respublikaga suyultirilgan gazni import orqali olib kirish hamda iste’molchilarga bozor narxlarida realizatsiya qilish imkonini yaratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi prezident administratsiyasiga kiritiladi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot