$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Superbakteriya tufayli 39 mln. inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin

Bakteriya

Olimlar antibiotiklarga chidamli superbakteriyalar so‘nggi yillarda insonlarning o‘limi xavfini bir necha baravarga ko‘paytirganligi haqida ma’lum qilishdi. Ushbu mavzuga oid tadqiqot Xalqaro olimlar jamoasining Lancet tibbiyot jurnalida chop etildi.

So‘nggi 25 yillikda insoniyatni bakteriyalar bilan kurash kutib turibdi

“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyo bo‘ylab har yili mikrobga qarshi dorilarga chidamlilik tufayli 1,91 million o‘lim, mazkur dorilar bilan aloqador 8,22 million o‘lim qayd etiladi. Umuman olganda, bizning ssenariyimiz 2025-yildan 2050-yilgacha antimikrob dorilarga chidamlilik tufayli 39,1 million o‘limni va unga aloqador 169 million o‘limni prognoz qilmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘lim xavfi Osiyo va Yerning janubiy mintaqalarida yuqori

Shuningdek, olimlar Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Okeaniya va Sahara janubidagi Afrikada o‘limlar sonining ko‘payishini prognoz qilmoqda. Antibiotiklar ta’sir qilmaydigan bakterial patogenlar rezistent yoki superbakteriyalar deb ataladi.

Bakteriyalar o‘limni keltirib chiqarish bo‘yicha reytingda 3-o‘rinda

JSSTning statistik ma’lumotlariga qaraganda, ular bilan bog‘liq infeksiyalar dunyoda o‘lim sabablari orasida yurak xastaliklari va insultdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 2019-yilda ulardan 4,95 million kishi halok bo‘lgan.

Metitsillin va boshqa antibiotiklarga chidamli oltin rangli stafilokokk (Staphylococcus aureus) ko‘proq xavotir uyg‘otadi. Mikrobga qarshi dorilarga chidamlilik tufayli 1,91 million o‘lim, mazkur dorilar bilan aloqador 8,22 million o‘lim qayd etiladi.

Umuman olganda, bizning ssenariyimiz 2025-yildan 2050-yilgacha antimikrob dorilarga chidamlilik tufayli 39,1 million o‘limni va unga aloqador 169 million o‘limni prognoz qilmoqda, deyiladi xabarda.

Теги :
Жамият