$
 12943.39
-9.81
 14108.30
50.19
 153.70
2.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Alisher Usmonov sudi: ARD telekanali e’lon qilgan ma’lumot ishonchsiz deb topildi

sud

Gamburg sudi Germaniyaning ARD telekanali tomonidan milliarder Alisher Usmonov haqida tarqatilgan xabarni haqiqatdan yiroq deb topdi. Bu haqda “Kommersant” nashri ma’lum qildi.

Qo‘yilgan ayblov

Qayd etilishicha, ARD telekanali Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) sudyalariga pora berish tizimini yaratganlikda ayblagandi.

“Sud ARD telekanali tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni ishonchsiz deb topdi va bu ma’lumotni “shubhaga asoslangan nomaqbul xabar” sifatida tarqatishni taqiqladi. Taqiq buzilgan taqdirda, qoidabuzar har bir epizod uchun 250 ming yevrogacha jarima yoki qamoq jazosiga hukm qilinadi”, – deyiladi xabarda.

Usmonov foydasiga 30 ga yaqin bayonotlar

Alisher Usmonovning matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2022–2024-yillarda Yevropaning bir qator OAV, xususan Germaniya matbuoti birinchilardan boʻlib, biznesmenga nisbatan oʻz ayblarini isbotlay olmaganliklarini tan olishgan va ularning noqonuniy tarqatilishini toʻxtatish boʻyicha yozma majburiyatlarni imzolagan. Ayni paytda Usmonov foydasiga 30 ga yaqin shunday bayonotlar ma’lum qilingan. Sud jarayonlari natijasida tadbirkorning advokatlari Yevropa ommaviy axborot vositalari tomonidan yolgʻon ma’lumotlar tarqatilishiga qarshi koʻplab koʻrsatmalarga ega boʻldi.

“Eng muhimlaridan biri 2024-yil yanvarida Amerikaning “Forbes” jurnali tomonidan Usmonovga nisbatan qilingan bayonotlarni taqiqlash toʻgʻrisidagi sud qarori boʻldi. Avvalroq Alisher Usmonov Avstriyaning “Kurier” gazetasiga qarshi sudda ham gʻalaba qozongandi”, – deya ta’kidladi matbuot xizmati.

“Hakamlarga pora berish” tizimini yaratish ayblovi rad etildi

Sudga murojaat qilish sababi 2024-yil avgust oyida Germaniyaning ARD milliy kanali tomonidan efirga uzatilgan Parijdagi Olimpiya oʻyinlaridagi qilichbozlik haqidagi ikkita maqola va videoreportaj boʻldi. Ularda jurnalist Hans-Yoaxim Seppelt Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli 2022-yil boshida FIE prezidenti lavozimidan oʻz ixtiyori bilan ketgan Alisher Usmonovni ushbu sport turida “hakamlarga pora berish” tizimini yaratishda ayblagan. ARD telekanalining ayblovlari FIE rahbariyati tomonidan rasman rad etildi.

ARD telekanali ma’lumotni tuzatishdan bosh tortdi

Matbuot xizmatining tushuntirishicha, Germaniyaning “Sport1.de” internet nashri va ARD’ning notoʻgʻri bayonotlarini qayta nashr etgan Avstriyaning “Krone.at” gazetasi Usmonovning advokatlari talabiga binoan oʻz materiallarini tuzatgan. Biroq ARD telekanali noaniq ma’lumotni ixtiyoriy ravishda tuzatishdan bosh tortdi.

“Shubhali guvohlar tomonidan tarqatilgan gʻiybat, uydirma, taxmin va mish-mishlardan boshqa hech qanday dalil yoʻq. Haqiqat, inson qadr-qimmatini hurmat qilish va ishonchli ma’lumotni tarqatish Germaniya jurnalistik etikasi kodeksining asosidir. Mazkur kodeks davlat teleradiokompaniyasi tomonidan qoʻpol ravishda buzilgan”, – dedi sudda Usmonovning advokati Yoaxim Shtaynxofel.