$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanadi

Subsidiya

Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelasi haftadan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiyalarga arizalarni qabul qilish boshlanishini e’lon qildi.

Yaqin qarindoshlarining daromadini ham qo‘shish mumkin

2024-yil uchun subsidiya arizalarining ikkinchi bosqichi 23-sentyabr, soat 9:00 dan boshlanadi. Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

Subsidiyaga arizalarni qanday topshirish mumkin?

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portaliga kirib, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati orqali ariza qoldirish kerak.

Ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln. 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 mln. 400 ming so‘m);

Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln. 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 mln. 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.

Subsidiya quyidagi tartibda to‘lanadi:

- Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun — ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida;

- foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga.

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 mln. so‘m miqdorida to‘lanadi.

Теги :
Jamiyat