$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Har bir gektarga 16 million so‘m subsidiya ajratiladi

Subsidiya

Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-344-sonli Qaror imzolandi.

Zaytunzorlar tashkil etish

Maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2024 — 2027-yillarda 8,2 ming ga yer maydonida anjir, 2 ming ga yer maydonida funduk va 477 ga yer maydonida zaytunzorlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ayrim subsidiyalar bekor qilinadi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab ko‘chat payvandtaglari uchun barcha turdagi subsidiyalar bekor qilindi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvardan quyidagilarga belgilangan miqdordagi subsidiyalar ajratiladi:

-        intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun sifat darajasini belgilovchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda 1 gektar uchun 16 mln so‘mdan oshmagan miqdorda;

-        suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha;

-        “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida meva va tok ko‘chatlarini sertifikatlashtirish tartibi ishlab chiqilib, ko‘chatlarni sertifikatlashtirish tizimi joriy qilinadi.

Теги :
Jamiyat