$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi

agro subsidiya

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

2024–2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlari. Agentlik tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.

Ekish sxemalari Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi

2025-yil 1-yanvardan:

Intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;

Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiya suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha belgilanadi;

“In-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;

Ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi.

Ko‘chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktyabrdan bekor qilinadi.