$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O’zbekistonda gastronomik ko’cha tashkil qilinadi

street

Miroboddagi Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Ko’ngilochar ovqatlanish ko’chasi

Ma’lum bo'lishicha, 15-iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.

Shuningdek, ko‘chada fotozonalar uchun dekorativ elementlar, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etiladi, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bunyodkorlik ishlari 15-iyuldan boshlanishi ko’zda tutilmoqda.

Ko’plab sayyohlarni jalb etish mo’ljallangan

Shu bilan birga, hokim uchrashuvda Hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi haqida ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbai oshishiga xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda.

Bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi urnalari hamda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ko‘zda tutilgan.

Ushbu ko’chada yerda audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar, fotozonalar uchun dekorativ elementlar o‘rnatish, piyodalar va velo-yo‘laklar, bolalar o‘yingohi, ko‘rgazmali sahna barpo etish ham rejalashtirilmoqda.

Теги :
Jamiyat