$
 12466.44
-58.48
 14517.17
-113.19
 155.42
-0.54
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamroq yong‘in sodir bo‘lgan

Ёнғин Yong

2024-yilning o‘tgan 8 oyi davomida respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 2023-yilning shu davriga nisbatan 325 ta (4,7 foiz)ga kamaygan. Bu haqda AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi to‘g‘risidagi matbuot anjumanida xabar berildi.

Gaz ta’minoti va xavfsizlik nazorati kuchaytirilgan

Qayd etilishicha, “Hududgazta’minot” AJ, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda pech va dudburonlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassis (usta)laridan iborat 703 ta ta’mirlash-tiklash xizmat (otryad)lari ham tashkil etilgan.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarda mavjud bo‘lgan 808 ta Xususiy uy joy mulkdorlar shirkatlaridan (XUJMSH) 717 tasida (88,7 foiz) va 9 ming 442 ta mahallalarning 6 ming 945 tasi (73,6 foiz)da o‘rganishlar o‘tkazilib, ularning hududidagi 41 ming 677 ta ko‘p qavatli uylardan 17 ming 753 tasi (42,6 foiz) tekshirib chiqildi.

Joylardagi tunda odamlar qoladigan maskanlarga alohida e’tibor qaratilib, “Mehribonlik uylari” va “Muruvvat va saxovat uylari”da favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlarining tungi navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi va har bir davolash statsionarlarida tungi tekshiruvlar o‘tkazilishi joriy qilindi.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nima ishlar qilindi?

Yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish va fuqarolarning bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, 26 ming 64 marotaba 505 ming 210 nafar fuqarolar bilan uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Profilaktik tadbirlar jarayonida, tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘ida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi aniqlangan 82 ming 29 ta nosozliklardan 77 ming 971 tasi (95,1 foiz) joyida bartaraf etildi.

Bugungi kunga qadar yong‘in-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurish davrida 1 mln. 597 ming 695 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi, ya’ni, 463 ming 501 ta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda va 128 ming 146 ta yakka tartibdagi aholi turar joylaridagi fuqarolarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berildi, deyiladi bayonotda.

2024-yilda yong‘inlar soni nisbatan kamaygan

Yong‘inlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 41,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 25,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 10,3 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 7,9 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi.

Aynan qish mavsumida o‘rtacha har 10 ta sodir bo‘lgan yong‘inning bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan bo‘lib, ayanchli oqibatlarga olib kelgan.

Tahlillar ko‘rsatmoqdaki, baxtsiz hodisalar aksariyat holatlarda tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlarini hamda isitish pechlarini ishlatishda “gazdan foydalanish”, “texnik va yong‘in xavfsizligi” qoidalariga rioya etilmaganligi, gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, xonadonlarda ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda.

Теги :
Jamiyat