$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki 6 oyida qancha go‘sht yetishtirildi?

meat go

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 76 343 tonna (tirik vaznda) go‘sht yetishtirilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Iyulda meva-sabzavot narxlarida keskin pasayish kuzatildi

Avvalroq Statistika agentligi iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxida qanday o‘zgarishlar qayd etilgani haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, go‘sht narxi iyulda 1,5 foizga oshgan. Guruch (0,5 foiz) va kungaboqar yog‘i (1 foiz) narxida ham o‘sish kuzatilgan. Bug‘doy uni 0,3 foiz, sut 0,5 foiz, tuxum 2,5 foiz, shakar 0,3 foizga arzonlashgan. Shuningdek, qator meva-sabzavotlar narxlarida keskin pasayish kuzatilgan. Xususan, iyulda tarvuz 43 foizga, pomidor 40,7 foiz, baqlajon 35,8 foiz, qovun 31,3 foiz, bodring 11,9 foiz, olma 5,6 foiz, kartoshka 2,6 foizga arzonlashgan. Ma’lumot uchun, 2023-yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklari tomonidan tirik vaznda go‘sht yetishtirish hajmi 11,7 foizga oshganligi qayd etilgan.

Go‘sht narxi oshishiga iqtisodiy sharh

Iqtisodchi Otabek Bakirov oshib borayotgan go‘sht narxiga izoh berdi. “Avgustda 0,5 foizlik oylik inflyatsiya, 10,5 foizlik yillik inflyatsiya qayd etgan. Oy davomida oziq-ovqatlarning 0,5 foizga, nooziq-ovqatlarning 0,7 foizga, xizmatlarning esa 0,4 foizga qimmatlagani qayd etilgan. Rasmiylar nihoyat go‘sht narxi oshganini ko‘rishni boshlagan. Oy mobaynida mol go‘shtining 5,3 foizga, qo‘y go‘shtining esa 4,9 foizga oshgani tan olingan, ya’ni mol go‘shti 10 00-12 000 so‘m, qo‘y go‘shti esa 20 00-14 000 so‘mgacha qimmatlaga. Muhim oziq-ovqatlardan yana kartoshkaning oylik (5,5 foiz) va yillik (15,0 foiz) hisobda juda tez qimmatlayotganini ko‘rish mumkin” – deb yozadi u.

Теги :
Jamiyat