Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +9° kechasi +8°

Sportda taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) sportda taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Sportda taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zgarishlar WADA Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ma’qullandi va 2025-ylning 1-yanvar kunidan mazkur taqiq kuchga kirishi ta’kidlandi. 

Roʻyxatda nimalar bor?

Xususan, “ksipamid” taqiqlangan diuretiklar va maskalanuvchi vositalar qatoriga kiritilgan bo‘lsa, “midodrin” va “tezofenzin” stimulyator sifatida tasniflandi.

Shuningdek, “guanfatsin” esa taqiqlangan moddalardan chiqarib tashlanadi. “Elacestrant” antiestrogenik modda sifatida gormonal va metabolik modulyatorlar ro‘yxatidan o‘rin oldi. 

Baʼzi taqiqlar bekor qilindi

Shu jumladan, qon topshirish (aferez usuli) va uning tarkibiy qismlari, plazma, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va periferik qon ildiz hujayralari endi taqiqlanmaydi. Biroq, buning uchun ular maxsus akkreditatsiyalangan donorlik markazida o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 

Ma’lumot o‘rnida: Taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxatini www.wada-ama.org sayti orqali to‘liq bilib olishingiz mumkin.