$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 15,1 mlrd. so‘m mukofot pullari to‘langan

positive

Qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga undirilgan jarimaning 20% qismi to‘lab beriladi.

“Soliq hamkor” tizimidan yo‘llangan murojaatlar

2024-yil yanvar-avgust oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 64 521 ta murojaat kelib tushgan. 

Murojaatlarning 34 742 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Qanday huquqbuzarliklar sodir etilgan?

Murojaatlarning:

59 067 tasi xarid cheki bermaslik;

3 033 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

138 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

2 283 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

15 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli

Murojaatlar asosida 22 536 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan. 

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 22 777 ta holat boʻyicha undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida 15,1 mlrd. soʻm mukofot puli to‘langan.

Теги :
Jamiyat