$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Soliq qoʻmitasi: Tadbirkorlik subyektlari 3 478,3 mlrd. soʻmlik soliqlarni toʻlamagan

audit

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 367 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (553,2 ming) 0,25 foizini tashkil etadi.

Soliq auditida aniqlangan summa

Aniqlangan soliq xavfi summasi 3 478,3 mlrd. soʻm, oʻtkazilgan tekshiruvlar(soliq auditi) natijasida aniqlangan summa esa 4 128,3 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida: 

savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 2 854,1 mlrd soʻm (69,2%); 

qurilish sohasida – 429,4 mlrd. soʻm (10,4%);

ishlab chiqarish sohasida – 248,9 mlrd. soʻm (6%); 

qishloq xoʻjaligi sohasida – 115,8 mlrd. soʻm (8%);

xizmat koʻrsatish sohasida – 330,8 mlrd. soʻm (2,4%);

transport sohasida – 43,3 mlrd. soʻm (1%); 

boshqa sohalarda – 106 mlrd. soʻm (2,6%). 

Yashirilgan soliq bazalari

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 388 ta soliq toʻlovchida 5 767,1 mlrd. soʻmlik soliq bazasi yashirilgan: 

206 ta subyektda 2 621,2 mlrd. soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;

93 ta subyektda 1 723,2 mlrd. soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;

 89 ta subyektda 1 422,7 mlrd. soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 1 356,5 mlrd. soʻmning 265,6 mlrd. soʻmi (19,6 %) toʻlab berildi.

Soliq auditi nima? Soliq xavfi deb nimaga aytiladi?

Soliq auditi bu Soliq kodeksining 140-moddasiga muvofiq, yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladigan tekshiruvdir. 

Byudjet tizimiga soliq va yig‘imlar to‘lanmasligi yoki to‘liq to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik soliq xavfi deyiladi. Soliq xavfi darajasi soliq xavfi mezonlari asosida aniqlanadi va 1 dan 100 gacha baholanadi, bunda xavf darajasi 81 dan 100 gacha bo‘lganda yuqori xavf guruhi deb belgilanadi.

Теги :
Jamiyat