Qaysi ovqatlanish shoxobchalari ko‘proq soliq to‘laydi?
Yilning dastlabki to‘rt oyida eng ko‘p soliq to‘lagan TOP — 20 brend nomlari e’lon qilindi. Evos – peshqadam.
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning dastlabki to‘rt oyida eng ko‘p soliq to‘lagan Top20 brend nomlari e’lon qilindi. Evos – peshqadam.
362 milliard so‘m
2024-yilning yanvar-aprel oylari, ovqatlanish korxonalari jami 362,1 mlrd. so‘m soliq to‘lagan. 19 235 yuridik shaxs tomonidan to‘langan soliqlarning 74,7 milliardi(20,6 foizi) 20 ta katta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. 16,3 mlrd. soliq imtiyozi bo‘lgan ushbu yigirmatalikning savdo aylanmasi esa 921,3 milliardni tashkil etadi.
Evos eng katta soliq to‘lovchi
To‘rt oylikda eng ko‘p soliq to‘lagan korxona - “Mak Food Servis” ya’ni “Evos” brendi bo‘ldi. Brend tomonidan jami 22,1 mlrd. so‘m soliq to‘lagan. Shuningdek, korxonaning tovar aylanmasi 250,3 mlrd. so‘mni, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari 4,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rin
Keyingi o‘rinda, o‘tgan yili eng ko‘p soliq to‘lagan “International Foodchain” ya’ni KFC franshizasi egallagan. Korxona to‘rt oyda jami 219,9 mlrd. so‘mlik aylanmasi bilan 13,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
“Kuchli uchlik”
Uchinchi o‘rinda esa, o‘tgan uch oy davomida eng yaxshi ikkinchi soliq to‘lovchi bo‘lgan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, “Ketring” “havo” ovqatlanish shoxobchasi egallagan. Kompaniya 118,9 mlrd. so‘m aylanma bilan 11,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
“Yigirmatalikning qolgan a’zolari”
4. Euro Asia Lider Service – 6,5 milliard so‘m
5. Savdo – 2 milliard
6. Good Food Catering – 1,8 milliard
7. Aviatika – 1,7 milliard
8. Concept Catering – 1,5 milliard
9. Vanilla Food – 1,4 milliard
10. Sayohat Travel – 1,4 milliard
11. Blackpilaf – 1,4 milliard
12. Maxway Food – 1,3 milliard
13. OI Foodchain – 1,3 milliard
14. PJ Eastern Group – 1,3 milliard
15. Xonobod Fayz Taomlari– 1,1 milliard
16. Alfa Best – 1,1 milliard
17. Sirovarnya Super Food – 1,1 milliard
18. Nishon Invest – 1 milliard
19. Efendi Co Ltd – 1 milliard
20. Oqtepa-Food Service – 0,9 milliard
Soliq turlari
Ushbu kompaniyalar to‘lagan soliq tushumlari, quyidagicha turlarga bo‘linadi:
- QQS – 29,7 mlrd so‘m;
- JShODS - 21,6 mlrd so‘m;
- Foyda solig‘i – 18,1 mlrd so‘m;
- Boshqa soliqlar - 5,3 mlrd so‘m.



