Juma, 6-noyabr, 2026
Havo 83 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +26° kechasi +10°
Читать на русском

O‘zbekistonda kartoshka va tuxum narxi ko‘tarildi, meva va shakar arzonlashdi

O‘zbekistonda oktyabr oyida yillik inflyatsiya 6,5 foizni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, oy davomida ayrim sabzavotlar va tuxum narxi sezilarli darajada oshgan bo‘lsa, limon, uzum va olma arzonlashdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kartoshka va tuxum narxi ko‘tarildi, meva va shakar arzonlashdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil oktyabr oyida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga oshgan. Yillik inflyatsiya esa 6,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foiz punktga pasaygan.

Bir oy ichida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlashgan.

Eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida tuxum narxi eng sezilarli tarzda – 5,2 foizga oshdi. Shuningdek, qo‘y go‘shti 1,4 foizga, suyakli mol go‘shti 1,2 foizga, qiyma 1,1 foizga, sut o‘rtacha 1 foizga, oliy navli bug‘doy unidan yopilgan non esa 0,7 foizga qimmatlashdi. Biroq shakar 2,2 foizga arzonlashgan.

Sabzavotlardan baqlajon va bodring 9 foizga, pomidor 8,8 foizga, bulg‘or qalampiri 8,7 foizga, kartoshka 5,3 foizga qimmatlagan.

Shu bilan birga, limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga, olma 3 foizga va banan 1,3 foizga arzonlashdi.

Benzin, taksi va kommunal xizmatlar narxi oshdi

Oktyabr oyida benzin o‘rtacha 1 foizga, propan 0,4 foizga qimmatlashdi. Metan narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi.

Xizmatlar sohasida sovunsuv (sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya) narxi eng sezilarli darajada – 4,7 foizga oshdi. Repetitorlik xizmatlari 1,6 foizga, taksi xizmati 1,3 foizga, chet tili kurslari esa 0,8 foizga qimmatlashgan.

Inflyatsiyani hisoblab chiqish uchun mutaxassislar 10 mingdan ortiq savdo shoxobchalari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlaridagi 3 milliondan ziyod narx-navoni qayd etdilar. Mazkur kuzatuvlar 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmatlarni qamrab olgan.