$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori oshdi

soliq

1-oktyabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgardi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

To‘lov qancha bo‘ldi?

2024-yil 1-oktyabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 375 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu oydan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to‘lanadi.

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 375 000 so‘m;
  • savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 187 500 so‘m;
  • boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 375 000 so'm; 

Oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan): 

  • YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 375 000 so‘m;
  • oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 187 500 so‘m.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosda – yiliga 375 000 so'm.

Ijtimoiy soliq o‘zi nima?

Malumot uchun: ijtimoiy soliqlar ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo`llaniladigan soliqlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy ta’minotga badallari (ajratmalari)dan tarkib topadi.

Теги :
Iqtisodiyot