$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 307 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Mol-mulk

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni. Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbayiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

807 ming nafardan ziyod xodimning qarzdorligi mavjud

Jumladan, 2024-yil 1-oktabr holatiga 206 942 ta tashkilotning 807 ming nafardan ziyod xodimida 948 012 soliq obyekti bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m (yer solig‘i - 189,1 mlrd. so‘m, mol-mulk solig‘i - 118,5 mlrd. so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Tashkilotlar taqsimoti qanday?

Unga ko‘ra eng ko‘p soliq to‘lamagan xodimlar tijorat tashkilotlari xodimlari bo‘lib turibdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra,  ular  244,6 mlrd. so‘m mol-mulk va yer solig‘ini to‘lamagan. Budjet tashkilotlari xodimlarida esa 53,5 mlrd. so‘m qarzdorlik mavjud. Nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlarida esa bu raqamlar 9,5 mlrd. so‘mni ko‘rsatmoqda.

Sohalar kesimida

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

-       qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 57,3 mingta tashkilotda ishlovchi 108,2 ming nafar xodimning soliq qarzi - 62,5 mlrd. soʻm;

-       sanoat sohasidagi 25,8 mingta tashkilotda ishlovchi 149,2 ming nafar xodimning soliq qarzi 53,7 mlrd. soʻm;  

-       savdo sohasidagi 50,3 mingta tashkilotda ishlovchi 82,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 38,9 mlrd. soʻm;

-       qurilish sohasidagi 12,9 mingta tashkilotda ishlovchi 56,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 34,4 mlrd. soʻm;

-       tashish va saqlash sohasidagi 6,6 mingta tashkilotda ishlovchi 37,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 12,5 mlrd. soʻm;

-       yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 11,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,3 ming nafar xodimning soliq qarzi - 9,7 mlrd. soʻm;

-       sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,8 mingta tashkilotda ishlovchi 10,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 3,7 mlrd. soʻm;

-       axborot va aloqa sohasidagi 2,5 mingta tashkilotda ishlovchi 10 ming nafar xodimning soliq qarzi - 3,1 mlrd. soʻm;

-       boshqa faoliyat turlari sohasidagi 19,7 mingta tashkilotda ishlovchi 62,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 26,1 mlrd. soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko‘p bo‘lgan tashkilotlar – TOP-3

Tashkilotlar kesimida oladigan bo‘lsak eng ko‘p soliq to‘lamagan xodimlarga ega tashkilot “Temiryo‘llarinfratuzilma” AJ bo‘lib turibdi. Ular jami 3,4 mlrd. so‘m soliq qarzdorligini to‘lamagan. Ikkinchi o‘rinda esa 3,2 mlrd. soʻmlik qarzdorlik bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari turibdi. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining xodimlari esa 2,5 mlrd. soʻm yer va mol-mulk qarzdorligini to‘lamagan.

Теги :
Jamiyat