$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Bosh prokuratura: Namanganda tarixiy yodgorlikni buzib tashlagan rahbarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi

sirli masjid

 Prokuratura organlari tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish borasidagi huquqbuzarliklar bilan murosasiz kurashib kelyapti. Bosh prokuratura xabar berishicha, Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanishi oqibatida yodgorlikka 554,4 mln. so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tarixiy yodgorlikka zarar yetkazgan qurilish rahbari qamoqqa olingan

Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida yodgorlikka zarar yetkazgan qurilish korxonasi rahbari O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismi va boshqa moddalari bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Zarar qoplangach, qamoqqa olish chorasi garovga o‘zgartirildi

E’tiborlisi, tergov davomida ayblanuvchi O.P. tomonidan yetkazilgan 554,4 mln. so‘m zarar uch karra miqdorda ya’ni 1 mlrd. 663 mln. so‘m qoplanganligi sababli qonunchilik talablariga asosan, unga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi.

Ish sudda ko'rib chiqiladi

Hozirda, mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismiga asosan, tarixiy yodgorlikka yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Avvalroq O'zbekiston bo'yicha 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo'zg'atilgani haqida ma'lumot berilgandi.

Теги :
Jamiyat