Sun’iy intellekt Z avlodning kelajakdagi qiyofasini tasvirlab berdi
Sun’iy intellekt modellari insonlarni turli xil tarzda gavdalantirgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda Midjourney, Stable Diffusion, YandexART va ERNIE-ViLG kabi yetakchi sun’iy intellekt modellari orqali turli avlodlar tasvirlandi.
3 avlod vakillari tasvirlangan
Ushbu tadqiqot 1200 dan ortiq tasvirlarni tahlil qilib, bumerlar, X avlodi, milleniallar va zumerlar qanday aks etganini ko‘rsatdi. Bumerlar ko‘pincha fikrchan yoki jiddiy holda ko‘rsatilgan.
Inson qiyofalaridan nostalgik davrga urg’u berilganligi aniqlangan
Shuningdek, Midjourney modeli ularni yolg‘iz va nostalgik tarzda aks ettirsa, ERNIE-ViLG modeli ko‘proq ijobiy va kulgili ko‘rinishlarda tasvirlagan. Buning sababi har bir sun’iy intellekt turli madaniyatga bog‘liq ma’lumotlar asosida ishlashida. X avlodi esa kamroq aniq xususiyatlar bilan tasvirlangan.
AI ularni asosan flanelli ko‘ylaklarda ko‘rsatgan, bu esa 1990-yillardagi granj madaniyatiga ishora qiladi. X avlodi sun’iy intellekt tomonidan kamroq yoritilgan, chunki ular haqidagi ma’lumotlar oz.
Z avlod vakillari sog’lom turmush tarzini qadrlashadi
Milleniallar va zumerlar aytarli farq qilmaydigan ko‘rinishlarda bo‘lgan. Ikkala avlod ham texnologiyaga mos va ijodkor ko‘rinishda tasvirlangan. Lekin milleniallar pivo bilan ko‘proq bog‘liq qilib tasvirlangan bo‘lsa, zumerlar sog‘lom turmush tarzini qadrlashi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotda shu ma’lum bo‘lmoqdaki, pivo barcha avlodlar tasvirlarining 34 foizida uchrar ekan. Bu, yoshdan qat’i nazar, pivoning madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi. Lekin zumerlar salomatlikka ko‘proq e’tibor qaratganlari uchun sog‘lom ichimliklarni afzal ko‘rgan.



