Oʻzbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan shokolad import qilmoqda?
8 oy davomida qiymati 94 million AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlari import qilingan.
2 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln. AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilingan.
Yevropa mamlakatlari importda yetakchi
O‘zbekistonga shokolad importi bo‘yicha bu yil Rossiya Federatsiyasi yetakchi o‘rinda.
O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 22,6 ming tonna
Polsha – 2,3 ming tonna
Niderlandiya – 1,3 ming tonna
Qozog‘iston – 1,2 ming tonna
Turkiya – 655 tonna
Germaniya – 320 tonna
Fransiya – 154 tonna
Italiya – 135 tonna
O‘tgan yili joriy yildagidan 12,3 ming tonna shokolad kam import bo‘lgan
Mos ravishda o‘tgan yilda O‘zbekiston 36 ta davlatdan shokolad va kakao mahsulotlari import qilgan edi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 62 mln. AQSH dollariga 19,7 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p shokolad import qilgan davlatlar:
Rossiya – 13,8 ming tonna
Polsha – 1,9 ming tonna
Ukraina – 869 tonna
Niderlandiya – 613 tonna
Qozog‘iston – 589 tonna
Turkiya – 526 tonna
Belarus – 181 tonna
Litva – 156 tonna
Germaniya – 136 tonna
Italiya – 98 tonna
Fransiya – 69 tonna



