$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ayol shifokorlarning umumiy soni ma’lum qilindi

positive

Statistika agentligi yillar davomida ayol shifokorlar soni qanchalik o’sib borganligi ma’lumotlarini taqdim qildi.

Shifokorlarning umumiy soni

2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Ushbu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 5,3 ming nafarga ko‘paygan.

Yillar davomida o’zgarish

Ayol shifokorlar (barcha mutaxassislikdagi) soni:

2019-yil — 44,3 ming kishi;

2020-yil — 44,4 ming kishi;

2021-yil — 44,3 ming kishi;

2022-yil — 47,9 ming kishi;

2023-yil — 49,6 ming kishini tashkil etgan.

Avvalroq Statistika agentligi 2024-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 134 ming kishini tashkil etganini ma’lum qilgan. Aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Теги :
Jamiyat