Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda

Malakani baholash fuqarolar uchun O‘zbekistonning o‘zida Yevropada tan olingan xalqaro sertifikatni olish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonda kasblarni xalqaro sertifikatlashtirish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Malakani baholash markazi

Vazir Behzod Musayev Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Malakalarni rivojlantirish tashkiloti rahbari Mustafa Nejmi Ilhan bilan muloqot o‘tkazdi. Unda tomonlar O‘zbekiston — Turkiya malakalarni baholash markazini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.

Kasb-hunarni sertifikatlash

Turkiya tomoni 4 kun davomida Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatini o‘rgandi.

Shundan kelib chiqib, mamlakat o‘z tajribasi asosida O‘zbekistonda malakalarni baholash va kasb-hunarlarni sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

Yevropa davlatlarida tan olingan xalqaro sertifikatlar

Malakani baholash qo‘lida kasb-hunari bor fuqarolar uchun shu yerning o‘zida Yevropa davlatlarida tan olingan xalqaro sertifikatni olish imkonini beradi. Xorijga tayyor mutaxassis sifatida ishga borishlarini ta’minlaydi.

Bugungi kunda Turkiyada 270ta kasbiy malakani baholash markazi faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, 911ta malaka standarti joriy qilingan, 200dan ortiq kasblar majburiy sertifikatlanadi.