$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Sentyabrda o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Sentyabr Foto: Daryo

Sentyabr – kuzining birinchi oyi, ammo O‘zbekistonda ob-havo sharoitiga ko‘ra, faqat qulayroq harorat fonida, u ko‘pincha yozga o‘xshaydi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda sentyabr oyi yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri deb hisoblanadi.

Birinchi o‘n kunlikda quruq ob-havo bo‘ladi

Bu yil sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida quruq ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda +12...+17 daraja haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni +28...+33 darajagacha, ba’zi joylarda +35 darajagacha isitadi. O‘n kunlikning ikkinchi yarmida +24...+27 darajagacha qisqa muddatga pasayishi mumkin.

Oy oxirlari qanday o‘tadi?

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha pastroq fonda harorat kechalari +13...+18 darajadan +7...+12 darajagacha, kunduz kunlari +28...+33 darajadan +20...+25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oyning uchinchi o‘n kunligi ayrim kunlarida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Odatda sentyabr qanday o‘tadi?

Ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra, respublika hududining aksariyat qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunlik harorat +30…+33 daraja issiq, ikkinchi yarmida — +26…+29 daraja iliq bo‘ladi.

Sentyabr oyining eng issiq kunlarida harorat +35…+37 daraja, janubda +39…+41 darajagacha ko‘tariladi.

Sentyabr oyida havo harorati markaziy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda +40−41 gacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarning ayrim joylarida hatto +42−43 gacha ko‘tarilgan davrlar ham kuzatilgan.

Barcha yillari uchun sentabr oyidagi eng yuqori harorat

Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun sentabr oyidagi eng yuqori harorat 2013-yil 25-sentyabrda qayd etilib, +40 darajani tashkil etgan.

Kunduz kungi harorat 22…+25 darajagacha, ba’zan esa undan ham pastroq bo‘lgan davrlar har yili sentabr oyida qayd etiladi va odatda davriyligi juda qisqa bo‘ladi.

Ayrim yillarda respublika bo‘yicha barcha joylarda (eng chekka janubiy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari) sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida ertangi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Global isish tendensiyasiga mos keluvchi issiq havo

Kuzutuvlarning barcha tarixiy qatorlari uchun eng issiq sentyabr oylari (me’yordan 1,5−3 darajaga yuqori) 2005, 2013, 2016, 2021, 2022-yilarda kuzatildi, bu global isish tendensiyasiga mos keladi.

Eng sovuq (me’yordan 2−3,5 darajaga past) sentyabr oylari 1930 va 1931-yillarda, so‘nggi yillarda esa 1992 va 1994-yillarda kuzatildi.

Iqlim xususiyatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda sentyabr oyi yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri deb hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat