$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Munojat Yo‘lchiyeva, Alisher Sa’dullayev, Sodiq Safoyev: Prezident 9 nafar xalq ichida obro‘-e’tibor qozongan shaxslarni senatorlikka tayinladi

Farmon

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Oliy Majlis Senati a’zolari tayinlandi. Ushbu tarkib fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlangan. 

Senatorlar tarkibi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq davlat rahbari 9 nafar shaxslarni Senatorlikka tayinladi. Bular:

  • Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
  • Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
  • Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
  • Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
  • Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
  • Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
  • Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
  • Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.

Prezident “Psixiatriya yordami to'g'risida”gi qonunni imzoladi | Qalampir.uz

Yangilangan tartib-qoidalar

Bundan avvalgi, 2019-yil 25-dekabrda o‘tgan saylovlarda senatorlarning umumiy ro‘yxati oradan 22 kun o‘tib, 17-yanvar kuni e’lon qilingan. Senat o‘tgan davr mobaynida 100 nafar a’zodan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, endilikda senatorlar soni 65 nafarni tashkil etadi. Ular Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanadi. Senatning yana 9 nafar a’zosi (ilgari — 16) fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa sohalarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan bugun tayinlandi. 


Prezident tomonidan tayinlangan sobiq senatorlar tarkibi

O‘tgan chaqiriqda 2020-yil 17-yanvar kuni matbuotda prezident tomonidan tayinlanishi kerak bo‘lgan 16 kishi emas, balki 13 nafar senator ismi sharifi e’lon qilingan. Ularning nomini quyida eslatib o‘tamiz:

  • Shavkat Ayupov — Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori;
  • Elmira Bositxonova — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  • Qudratulla Rafiqov — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
  • Mirakbar Rahmonqulov — Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari;
  • Sirojiddin Sayyid — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi;
  • Baxtiyor Sayfullayev — Madaniyat vaziri — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori;
  • Quvondiq Sanaqulov — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori;
  • Sodiq Safoyev — Senat raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Alisher Sa’dullayev — Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;
  • Sodiqjon Turdiyev — O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
  • Minhojiddin Hojimatov — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari;
  • Tursinxon Xudoybergenov — Prezident maslahatchisi;
  • Behzod Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.

Ma’lumot uchun, yuqoridagi nomlar 2019-yildagi lavozimlari bilan keltirildi.

Prezident Farmoni inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan


Keyinchalik tayinlanganlar

Ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 16 senatordan 3 nafari keyinroq alohida farmonlar bilan senator bo‘lgan. 2020-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Rahmat Toshnazarovich Mamatov Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlangani ochiqlandi. Yana ikki nafar Prezident tanlagan senatorning kimligi oradan qariyib 10 oy o‘tgandan so‘ng ayon bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-oktyabr kuni Boriy Batirovich Alixanov va Nariman Madjitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi.

Теги :
Jamiyat