Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Shahrixonsoydan yosh qizchaning jasadi topildi

Oqib kelgan qizcha Qirg‘izistonning O‘sh shahridan ekani aytildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shahrixonsoydan yosh qizchaning jasadi topildi

Shahrixonsoydan yosh qizchaning jasadi topildi

Oqib kelgan qizcha Qirg‘izistonning O‘sh shahridan ekani aytildi.

Sel qurboni

14-iyul sanasida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalidan kichik yoshdagi shaxsning jasadi topildi.

Suv bo‘yidan o‘lik holda topilgan qizchaning yoshi taxminan 5-6 larda ekanligi aytilmoqda.

Oilasiga xabar berilgan

Topilgan qizcha O‘sh shahridan ekanligi aniqlandi. Yuborilgan fotosuratga ko‘ra uning oila vakili bu qizaloq uning oilasidan bo‘lganini tasdiqlagan.

Kuchli sel ta’siri

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14-iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida Andijon viloyatida kuchli sel kelgan. 

Buning oqibatida Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklaridan biri qulab tushganligini ham xabar qilgan edik.