O‘zbekiston va Misr qo‘shma savdo palatasini tuzish rejalashtirilmoqda
Bu orqali tomonlar to‘qimachilik sanoati, turizm, charm ishlab chiqarish va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni rag‘batlantirmoqchi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr qo‘shma savdo palatasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hamkorlik
Joriy yilning 26-sentyabr kuni palata raisi Davron Vahobov va Misr Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmad Shahin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish holati va imkoniyatlarini muhokama qilishdi
Qo‘shma savdo palatasi
Xususan, O‘zbekiston-Misr qo‘shma savdo palatasini tuzish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasiga e’tibor qaratildi. Bu ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi vosita bo‘lishi ta’kidlandi.
Palataning vazifalari
Palataning asosiy vazifalari savdo munosabatlarini rivojlantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, to‘qimachilik sanoati, turizm, charm ishlab chiqarish va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni rag‘batlantirib boradi.
Bundan tashqari, uchrashuvda eksport salohiyatini oshirish va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga yangi texnologiyalarni jalb qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.



