$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmosga sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirmoqchi

Sun

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 2–3-sentyabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kosmik hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J. Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.

Avval ham yurtimizdan sun’iy yo‘ldosh uchirilganmi?

2021-yilda O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) stratosferaga uchirilgan edi. Vazni 2,5–3 kg bo‘lgan, U-klassdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 santimetr kub hajmdagi sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi.

2022-yilning mart oyida esa “O‘zbekkosmos” agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Qodirov O‘zbekiston kosmosga 2030-yilgacha sun’iy yo‘ldosh uchirishi mumkinligini, lekin avval ehtiyoj o‘rganib chiqilishini aytgandi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqarilib, kosmosga uchirilishi (yana) “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va mutasaddilari tomonidan ma’lum qilingan edi.

Теги :
Jamiyat