$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank 2 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

positive

Markaziy bank sentyabr oyida 2 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Bank tizimi bilan bog‘liq ko‘rilgan 21 masala

Bank nazorat qo‘mitasi tomonidan o‘tgan oydagi yig‘ilishlarda 21ta masala ko‘rilib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 14 ta masala ko‘rib chiqildi.

Shundan 7 tasi kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, 2 tasi banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish hamda 1 tasi chet el bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasini akkreditatsiya qilish bilan bog‘liq. 

2 ta bankka nisbatan sanksiyalar

O‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Barcha banklarga chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

Qoidabuzarlik

Sanksiyalarga davlat reyestriga kredit axboroti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kechikib yoki noto‘g‘ri taqdim etganligi sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘tgan oyda “United Payment Solution"ning to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi olib tashlandi. To‘lov tashkiloti litsenziya olingandan buyon bir yil davomida faoliyatini amalga oshirmagan.

Taqiqlangan xizmatlar (qimor o‘yinlar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygani uchun “Maroqand” to‘lov tashkilotining ayrim operatsiyalari 6 oyga cheklandi.

Cheklangan xizmatlar

“Maroqand” to‘lov tashkilotiga elektron shakldagi to‘lovlarga ishlov berish, to‘lov vositalari asosida pul mablag‘larini fuqarolarga o‘tkazish uchun zarur axborotni bankka berish hamda bank hisobvarag‘idan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish xizmatlari to‘xtatib qo‘yildi.

Теги :
Jamiyat