Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

“Uzbekistan Airways“ Markaziy Osiyoda aviatashuv bo‘yicha yetakchiga aylanmoqchi

Kompaniya ikkita Airbus A321 Neo samolyotlarini lizingga xarid qiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

“Uzbekistan Airways“ Markaziy Osiyoda aviatashuv bo‘yicha yetakchiga aylanmoqchi

Bu bo‘yicha milliy aviatashuvchi SMBC Aviation Capital lizing kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotlar yetkazilish vaqti

Bunda “SMBC Aviation Capital” lizing kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Samolyotlarni yetkazib berish 2026-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri “SMBC Aviation Capital” “Airbus” buyurtmalari portfelidan amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways“ yetakchiga aylanmoqchi

“Uzbekistan Airways“ Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bo‘yicha yetakchi bo‘lishni o‘z oldiga katta maqsad qilgan. Yo‘nalishlar tarmog‘ini doimiy ravishda kengaytirish, parvozlar sonini ko‘paytirish va ularni yangi Airbus A320/A321 NEO oilasiga mansub havo kemalarida samarali amalga oshirish rejalashtirilgan” — dedi “Uzbekistan Airways” boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov.

Milliy aviatashuvchi “Airbus A321 Neo” avialaynerlari kompaniya uchun yangi turdagi havo kemasi ekanligini, kelishuv Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo yo‘nalishlarini kengaytirish imkonini berishini qayd etdi.