$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Salimboyvachcha” 6 yilga “kesildi”

Salimboyvachcha Salim Abduvaliyev

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Salim Abduvaliyev "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari davomida qoʻlga olingan edi.

Sud hukmi

Qalampir.uzning xabar berishicha, xalq orasida Salimboyvachcha nomi bilan mashhur boʻlgan Salim Abduvaliyev 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan yopiq sud majlisida Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-bandi bilan (noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash) aybdor deb topilgan. Sud ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati yuborilishi kutilmoqda.

“Dolzarb 40 kunlik”

Eslatib oʻtamiz, Salim Abduvaliyev O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha noyabr oyida boshlangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida 2023-yilning 3-dekabr kuni Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyidan olib ketilgan. 4-dekabr kuni Salimboyvachchaga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlangani xabar qilingan.

Qoʻyilgan ayblov

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning bergan maʼlumotiga ko‘ra, Salim Abduvaliyevning noqonuniy qurol saqlayotgani aniqlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan edi.

Salim Abduvaliyev

 Oʻzbekistonning eng boy odamlaridan boʻlgan Salim Abduvaliyev 1950-yilning 5-may sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan boʻlib, oʻzbekistonlik yirik tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, shuningdek, metsenat va mashhur sport ustasi sifatida ham tanilgan. 2021-yil 29-avgustda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi ordeni va 2022-yil 27-martda Ludwig Nobel mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Salimboyvachcha 1 yilda chiqadimi?

Generalissimus kanali holatga shunday munosabat bildirdi:

Odatda, o‘zini “vor v zakone” deb biluvchi ko‘cha avtoritetlari keksaygan payti uzoq muddatga qamalsa ham, uzog‘i bir yilda chiqib keladi, sababi ularda jazoni o‘tashiga to‘sqinlik qiluvchi “kucha bolezney” (bir dunyo kasallik) bo‘ladi.

Ularga bu vaqtda Jinoyat kodeksi 75-moddasi qo‘l keladi, yani hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.