Payshanba, 26-noyabr, 2026
Havo 81 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌧 +9° kechasi +9°

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olgan 23 kishi ushlandi

Jizlon tog‘ tizmasi va Navbahor tumanining boshqa tog‘li hududlarida o‘tkazilgan reydlarda olti guruhning noqonuniy faoliyati aniqlangan. Ushlanganlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor.

1 daqiqa o‘qiladi

Oltin

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida oltin tarkibli tog‘ jinslarini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan 23 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Huquqbuzarliklar viloyat va tuman Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tumanning tog‘li hududlarida tashkil etilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida aniqlangan.

Reydlardan birida 31, 24 va 21 yoshli uch nafar fuqaro Jizlon tog‘ tizmasida yashirin ravishda qazish ishlarini olib borayotgani ma’lum bo‘lgan. Ular ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan.

Olti guruhning faoliyatiga chek qo‘yilgan

Keyingi tezkor-profilaktik tadbirlar davomida tumanning tog‘li hududlarida xuddi shunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan yana beshta guruh aniqlangan. Ularning a’zolari orasida voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan.

Shu tariqa, tarkibida oltin mavjud bo‘lgan tog‘ jinslarini qo‘lbola uskunalar yordamida mahalliy usulda qazib olish bilan shug‘ullangan jami 23 kishi ushlangan. Ularga tegishli elektr qurilmalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi — foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.