Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Noqonuniy qurol saqlagani uchun 6 yilga “kesilgan” Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqarildi

Jinoyat kodeksining 75-moddasiga binoan, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar jazodan ozod qilinishi belgilangan bo‘lib, “Salimboy” xastaligi tufayli ushbu modda asosida qamoqdan ozod etilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy qurol saqlagani uchun 6 yilga “kesilgan” Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqarildi

“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri o‘z manbasiga tayanib. Xabarga ko‘ra, Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan. 

Nima sababdan ozodlikdan mahrum etilgan?

Salim Abduvaliyev 2024-yil 19-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Xastaligi tufayli

Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025-yil 12-yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan.

Jinoyat Kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) hukm chiqarilganidan keyin jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishini nazarda tutadi.

Avvalroq, Asianews nashri Salim Abduvaliyevning “izlari” yo‘qolgani, uning yaqin qarindoshlari ham bilmagan joyda saqlanayotgani haqida xabar bergan edi.