$
 12456.25
45.26
 14461.71
223.82
 158.36
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Salimboy”, “Saidaziz Medgorodok”, “Baxti Tashkentskiy”: O‘zbekistonning eng mashhur jinoyatchilarining sud ishlaridagi chigallik va qarama-qarshiliklar

Jinoiy avtoritetlar

Asianews nashriga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” reydidan qariyb bir yil o‘tib, O‘zbekistonning eng mashhur jinoyatchilariga qarshi olib borilayotgan sud jarayonlari va apellyatsiya ishlarida chigallik va qarama-qarshiliklar davom etmoqda

Salim Abduvaliyev qayerda saqlanmoqda?

Nashrning ma’lum qilishicha, qamoqxonalarda qiynoqqa solinish bilan bog‘liq noroziliklardan tortib, sud tizimiga nisbatan har xil bosimlar, jinoyat yetakchilari bilan bog‘liq qarindoshlar va siyosatchilar tomonidan, hatto huquq-tartibot organlarining o‘zida ham aralashuvlar kuzatilmoqda. Olti yilga hukm qilingan va hatto yaqin qarindoshlari ham bilmagan joyda saqlanayotgan Salim Abduvaliyevning “izlari” yo‘qolgan. 

G‘ofur Rahimov 

Salim Abduvaliyev va boshqa o‘zbek “avtoritetlari”ga nisbatan ish olib borilayotgan bir pallada O‘zbekistonning boshqa bir jinoyat “avtoritetlari” tergov organlari va sudlarga tortilmay kelinmoqda, deb iddao qiladi nashr. Masalan, Salim Abduvaliyevning asosiy raqibi, xalqaro jinoiy olamda nomi tanilgan kriminal shaxs G‘ofur Rahimov ochiqda yuribdi. G‘ofurning (Graf nomi bilan tanilgan) jiyani Ravshan Muxiddinov xorijda boshpana topgan.

“Saidaziz Medgorodok”

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi kunlarda 36 yoshli “Saidaziz Medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev o‘tgan yozdan beri qamoqda saqlanayotgan va avgust oyida 20-yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Yaqinda u apellyatsiya ishi ko‘rilishi orqali Toshkentda yana sud zaliga olib kelingan. Saidaziz 28 nafar sherigi bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha instansiyalarida va boshqa ko‘plab mamlakatlarda katta korrupsiya va ta’sir tizimini boshqargan. U 17 ta ayblov bandi bo‘yicha “ba’zi suiiste’mollarga yo‘l qo‘yganini” tan oladi, biroq ko‘pchilik holatlarda o‘zining aybsizligini isbotlashga umid qilmoqda. Uning qamoqxonadagi xatti-harakatlari oqibatida ikki marta yolg‘iz(jazoli) kameraga olib kelgan bo‘lib, bu qo‘riqchilar tomonidan “ta’qib va qiynoqlar” haqida noroziliklarni keltirib chiqargan.

Asianews xavotiri

Saidaziz Saidaliyev Salim Abduvaliyevga juda yaqin bo‘lib, uni “ota” sifatida tan oladi. Salim Abduvaliyev hukumatdagi yaqinlari orqali o‘ziga berilgan jazo hukmini yengillashtira olgani aytiladi. Nashr Saidaziz va uning sheriklariga xuddi shunday yengil jazo qo‘llanishi mumkinligidan va ular orqali O‘zbekiston va Qirg‘iziston yo‘llarida faol bo‘lgan Xitoydan kelayotgan kontrabanda oqimini qo‘llab-quvvatlashdan xavotir bildirgan. 

 “Baxti Tashkentskiy” va Muxiddinov

Turli jinoiy guruhlarining o‘rtasida vositachilik qiladigan uning jiyani Muxiddinov 2007-yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lib, Istanbul va Dubayda ikki marta hibsga olingan, biroq yana izsiz yo‘qolgan. U “Aka-uka guruhi rahbari” unvonini olgan, bu “Yevrosiyo jinoyat sindikati”ning bir bo‘linmasi bo‘lib, uni Rahimov boshqaradi. O‘zbekistonning yana bir taniqli jinoyatchisi ”Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev esa barcha boshqa ayblanuvchilar uchun jazolarni “yumshatish”ni so‘ragan. Uning da’vo qilishicha ular “o‘z xalqiga faqat yaxshilik qilishga harakat qilayotgan” bo‘lib, hukumat va sud tizimi adolat qilishi kerak.

Теги :
Jamiyat