Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda

Turkiyaning “Onur Group” kompaniyasi mazkur yo‘lning 70 kilometr uzunlikdagi qismini rekonstruksiya qilmoqchi.

1 daqiqa o‘qiladi

Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli qilish rejalashtirilmoqda

Turkiyaning “Onur Group” kompaniyasi O‘zbekistonda pullik yo‘llar tarmog‘ini yaratish loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro tajribaga ega bo‘lgan kompaniya

Joriy yilning 20-sentyabr kuni vazirlik hamda Turkiya kompaniyasining Moldova va Ruminiya davlatlaridagi loyihalar bo‘yicha direktori Bulent Tatar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya qurilish va muhandislik sohalaridagi faoliyati, ko‘prik, tonnel, to‘g‘on, aeroport, tramvay va temir yo‘llar qurilishi, shahar infratuzilmasi bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish tajribasi xususida ma’lumot berdi.

Pulli yo‘l

Xususan, DXSh asosida 4R12 “Bektemir — Chirchiq — G‘azalkent — Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6−77 kilometr qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pullik yo‘lga o‘tkazish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Hujjatlar tayyorlanmoqda

Loyiha joriy yilning 18-sentyabr kuni “Onur Group” kompaniyasi ekspertlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olishga kelishishdi.