$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Nega ombudsman nazoratga olgan oʻta xavfli retsidivist murojaati natijasi eʼlon qilinmadi?

retsidivist

2024-yilning 30-iyul kuni oʻta xavfli retsidivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar Ombudsman tomonidan oʻrganilayotgani boʻyicha Ombudsman rasmiy munosabati e'lon qilingan edi.

Ombudsman nazorati: Natijasi nima boʻldi?

Munosabatda 2010-yilda ozodlikdan mahrum qilingan oʻta xavfli retsidivistni 2023-2024 yillarda har oy tergov hibsxonasiga chaqirtirilgani holati boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra Bosh prokuraturaga nazorat xati yuborilgani ma'lum qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ombudsman nazorati: Natijasi nima boʻldi?” nomli xabarda yuqoridagi holat boʻyicha Ombudsman tomonidan qoʻshimcha ma'lumot berilmagani qayd etilgan.

Qoʻshimcha rasmiy munosabat berilmaganining sababi

Mazkur holat Ombudsman nazoratida ekanligi, jarayon hali tugallanmagani sababli jamoatchilikka qoʻshimcha rasmiy munosabat berilmagani ma'lum qilindi.

"Toshkent shahar prokuraturasining shu yilning 29-avgustda bergan ma'lumotiga koʻra, yuqoridagi xabarlarda keltirilgan oʻta xavfli retsidivist mahkumning IIV Markaziy vaqtincha saqlash hibsxonasida boshqa shaxslar bilan saqlanishining qonuniyligini oʻrganish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvida aniqlangan holatlar va toʻplangan hujjatlar Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida oʻta xavfli retsidivist A.H va u bilan bir kamerada saqlangan fuqaro H.R. hamda qayd etilgan holatga aloqador boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlardan tushuntirish xatlari olingan.

Hozirda mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlanmagan va tekshiruvning borishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan", - deyiladi rasmiy munosabatda.