$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklarning kundalik ratsionida eng ko‘p iste’mol qilinayotgan mahsulotlar qaysi?

Dasturxon

Ijtimoiy himoyani rivojlantirihs instituti tomonidan aholi kundalik ratsionda iste’mol qilinadigan mahsulotlar o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi kundalik ratsionda eng ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlar orasida 1-navli bug‘doy uni yetakchi o‘rinda turadi.  

Bug‘doyni iste’mol qilishda daromadning ahamiyati yo‘qligi aniqlandi. Yurtdoshlarimiz bug‘doy mahsulotlarini 12 martadan ziyod iste’mol qiladi.

Qaysi mahsulotlar me’yordan ortiq iste’mol qilinmoqda?

O‘zbekiston aholisi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kunlik ratsionda tavsiya etilgan 46 ta mahsulotdan 21 tasini belgilangan miqdordan ortiq, kam ta’minlangan oilalar esa 16 ta mahsulotni ko‘proq iste’mol qilayotgani qayd etilgan. 

Shuningdek, tarvuz ham me’yordan uch marta ko‘p tanovul qilinadi. Qovun, piyoz, o‘simlik moyi va sabzining kunlik iste’moli ham tavsiya etilganidan ikki hissa ko‘p.

Tavsiya etilgan miqdordan kam

Boshqa tomondan, saryog‘ va lavlagi kunlik ratsionda tavsiya etilgan miqdordan ikki baravar kam iste’mol qilinmoqda. Quyon go‘shti va javdar noni esa atigi 2% va 1% miqdorida foydalaniladi. Nok esa kunlik tavsiya etilgan miqdorning atigi 10 foizi iste’mol qilinayotgani qayd etildi.

Aholi daromadlarining oshishi oziqlanish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oziqlanish sifati esa inson kapitalining yaxshilanishiga zamin yaratadi.

Теги :
Jamiyat