$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Kiberxavfsizlik sohasida O‘zbekiston ko‘rsatkichi 89,2 ballga yetdi

rank rating reyting

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan “Global Cybersecurity Index 2024” reytingining yangi nashri taqdim etildi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatlar rivojlanish darajasiga ko‘ra beshta guruhga ajratilgan.

O‘zbekiston “Tier 2” guruhida

O‘zbekiston Kanada, Isroil, Avstriya, Shveysariya kabi mamlakatlar bilan birgalikda “Tier 2” (Advancing) guruhiga kiritildi.

Xususan, 2024-yilda mamlakatning ko‘rsatkichi +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ni tashkil qildi. 2020-yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi telekommunikatsiya va radioaloqa sohasidagi tavsiyalarni belgilaydigan xalqaro tashkilotdir. 1865-yilda Xalqaro telegraf uyushmasi sifatida tashkil etilgan, 1947-yildan buyon BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti hisoblanadi.

XEAI tarkibida 193 mamlakat, 700 dan ortiq sektor va assotsiatsiyalar mavjud (ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari, davlat va xususiy telekommunikatsiya operatorlari, radioeshittirish kompaniyalari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar).

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot